Firibgarlar soxta “ChatGPT” akkauntlarni o'g'irlamoqda

    Kiberjinoyatchilar ulardan “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntlarni egallab olish uchun foydalanishgan.

    “Google“ kompaniyasi ”Chrome Web Store“ internet-doʻkonidan mashhur “OpenAI”ning rasmiy “ChatGPT” neyron tarmogʻi niqobi ostidagi brauzer sozlamalarini olib tashladi. “Troyan” sozlamasini joriy yil 14-mart kunidan boshlab, 9 mingdan ortiq foydalanuvchilar yuklab olgan boʻlib, u asosan ijtimoiy tarmoq «sookie" fayllarini yigʻishi aniqlangan.

    Kiberjinoyatchilar ulardan “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntlarni egallab olish uchun foydalanishgan. “Guardio Labs tadqiqotchisining soʻzlariga koʻra, zararli dastur “Google Ads” reklama tizimi orqali tarqatilgan, shuning uchun oddiy foydalanuvchilar uning soxta havola ekanligini farqlay olishmagan.

    Kiberjinoyatchilar “troyan” taqdim etgan "cookie“ orqali jabrlanuvchi maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, uning akkauntini egallab olishgan va zararli “troyan”ni boshqa foydalanuvchilarga tarqatishgan. Egallab olingan akkauntlar oʻz egalari tomonidan qayta tiklab olinmasligi uchun jarayonlar murakkablashtirilgan hamda turli ekstremistik va terrorchilikka chorlovchi postlar joylashtirilgan.

    Hozirda sozlama "Chrome Web Store“ internet-doʻkonidan oʻchirilgan, ammo ”ChatGPT«ga boʻlgan katta qiziqish sababli shunga oʻxshash holatlar takrorlanishi mumkin.