Unda 2021-yil 11-sentyabr kuni taxminan soat 21:10 larda Buxoro shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Shafran” kafesi oldida, “Qorakoʻl” tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona postining Bojxona koʻrigi va rasmiylashtiruvi guruhi katta inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, oʻzga bir fuqaroning ishonchini suiisteʼmol qiladi.
U bojxona postida ishlovchi yuqori lavozimdagi tanishlari orqali uning Turkmaniston Respublikasi hududidan keladigan yuk vagonlarini kompleksda turmagan deb koʻrsatib, kunlik omborxona toʻlovlari toʻlanmaydigan holda deklaratsiya rasmiylashtirib berish evaziga undan talab qilgan 400 AQSH dollarini oʻziga tegishli boʻlgan “Lassetti” avtomashinasi salonida olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.