Shuningdek, Yunusobod tumanida yashovchi 59 yoshli T. S.dan ham ayni sabab bilan 2.000 AQSH dollari olib, har ikkisiga bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyojlari yoʻlida ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan qoʻshni davlat fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qoʻlga olingan.
Ayni vaqtda IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, yurtimizda Haj va Umra ziyorati safarini amalga oshirish uchun turli sabab, vajlarni keltirib, moʻmaygina pul evaziga Haj va Umra ziyoratiga yuboraman, degan shaxslarga ishonmang!
Davlatimiz tomonidan bunday ziyorat safarlari uchun keng sharoitlar yaratilgan, qatʼiy tartib va qoidalar oʻrnatilgan.
Bu borada maʼlumotga ega boʻlmoqchi boʻlsangiz, Din ishlari boʻyicha qoʻmitalar yoki din ulamolariga murojaat qilib, batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
Yuqoridagi kabi turli vaʼda va yolgʻonlarga ishonib, firibgarlik qurboniga aylanib qolmang!