Firibgarlik sodir etgan shaxslar ushlandi. Jabr koʻrganlardan murojaat qilishlari soʻralmoqda

    Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

    Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

    1968-y.t. Aripov Ismatilla Raxmatullayevich
    1980-y.t. Aripov Ulmasjon Raxmatullayevich

    Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

    “Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki jinoiy guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.