Biroq, aksariyat hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taʼsischiligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxclar boshqa tillardan olingan soʻzlar asosida firma nomini tanlab roʻyxatdan oʻtish holatlari kuzatilmoqda.

Masalan, hozirgi kunda Respublika miqyosida “GROUP” (tarjimasi – guruh) soʻzi ishtirok etgan 8 553 ta, “GRAND” (tarjimasi – yuqori) soʻzi ishtirok etgan 3 766 ta, “GOLDEN” (tarjimasi – oltin) soʻzi ishtirok etgan 1 997 ta, “CITY” (tarjimasi – shahar) soʻzi ishtirok etgan 1 696 ta mahalliy korxonalar faoliyat yuritib kelmoqda.

Chet tillarining boshqa soʻzlaridan foydalangan holda tashkil etilgan mahalliy korxonalar soni ham talaygina.

Davlat tilida nomlarni zaxirasini shakllantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi davlat tilidagi firma nomlarini zaxiraga olishda tadbirkorlik subyektlari uchun keng imkoniyat yaratishi bilan bir qatorda mahalliy korxonalarning firma nomlarini davlat tilida yuritilishini ham taʼminlash imkonini beradi.

Xususan, mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari uchun davlat tilida nomlashning lingvistik meʼyorlari va metodikasi asosida yaratilgan nomlar zaxirasining elektron dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va uni Davlat xizmatlari agentligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.

Nomlar zaxirasining elektron dasturiy taʼminoti Tizimga integratsiya qilingandan soʻng, tadbirkorlik subyektlarining firma nomini davlat tilida tanlash va zaxiraga olish imkoniyati yana-da kengayadi.

Kamol XALIKOV,

Davlat xizmatlari agentligi bosh yuriskonsulti