Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Hukumati aʼzolari, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda turkman diasporasi vakillari, shuningdek, xorijiy davlatlarning Toshkent shahrida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik muassasalari va xalqaro tuzilmalarning vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
Konsertning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xojayev va Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yazguli Mammedov soʻzga chiqdi.
Dasturda oʻzbek va turkman qoʻshiqlari, ikki xalqning buyuk shoir va mutafakkirlari sheʼrlari yangradi, milliy raqslar namoyish etildi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon oʻzbek-turkman xalqlari doʻstligini ifoda etuvchi sheʼrlardan oʻqidi.
Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstligiga bagʻishlangan kitoblar, xalq amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmasi tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirlar ikki mamlakat xalqlarini birlashtirib kelayotgan koʻp asrlik yaxshi qoʻshnichilik rishtalari daxlsizligining yana bir dalili boʻldi.