Fitch Ratings agentligi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Moliya 16 Mart 2023 1804

    Markaziy bankda bank reytinglarini har yili qayta koʻrib chiqish doirasida rahbariyatning Fitch Ratings agentligi tahlilchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda davlat banklarini transformatsiya qilishning hozirgi holati va ularni xususiylashtirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtildi. Xususan, 2020-2025-yillarda bank tizimini isloh qilish strategiyasiga muvofiq tijorat banklarini bosqichma-bosqich transformatsiyalash va xususiylashtirish amalga oshirilayotgani qayd etildi.

    Muloqot davomida banklarning imtiyozli kreditlash dasturlarida ishtirok etishi, Bazel III standartlariga oʻtish jarayonida prudensial talablarga kiritilgan soʻnggi oʻzgarishlar va boshqa masalalar muhokama etildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

    Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.