Mukofot “makroskopik kvant-mexanik tunnellash va elektr zanjirida energiya kvantlanishini kashf etgani uchun” beriladi.
Kimyo, adabiyot, tinchlik mukofoti va iqtisod bo'yicha Nobel mukofoti g'oliblari yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Mukofotlarni topshirish marosimlari 10-dekabr, Nobel vafot etgan kunda Stokgolm va Osloda bo'lib o'tadi.
Nobel mukofoti sovrindorlariga oltin medal, diplom va taxminan bir million yevroga teng bo'lgan 11 million shved kroni miqdoridagi pul mukofoti topshiriladi.
Dushanba kuni fiziologiya va tibbiyot bo'yicha Nobel mukofoti Meri Brunkov (AQSh), Fred Ramsdell (AQSh) va Shimon Sakaguchiga (Yaponiya) topshirildi. Mukofotlanganlar immunitet tizimining “qo'riqchilari” – tartibga soluvchi T-hujayralarini aniqlashdi, bu immunitet hujayralarining organizmga hujum qilishiga to'sqinlik qiladi, deb xabar berdi rg.ru.








