Florida gubernatori Ron Desantis AQSHdagi prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etmoqchi

    Florida gubernatori Ron Desantis AQSHda 2024-yilgi prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etishini kelasi hafta e'lon qilishni rejalashtirmoqda.

    “Desantis rasman Oq uy rahbarligi uchun kurashga kirishadi”, deb yozadi The Wall Street Journal nashri.

    Jurnalistlarning xabar berishicha, Florida gubernatori jamoasi Federal saylov komissiyasiga ariza beradi, shuningdek, saylov kampaniyasi uchun mablag' yig'ish bo'yicha tadbirlar o'tkazadi.

    AQSHda prezidentlik saylovi 2024-yil noyabrida bo'lib o'tadi. Mutaxassislar Desantisni Respublikachilar partiyasidan saylovlarda nomzodlik uchun kurashda mamlakatning sobiq rahbari Donald Trampning asosiy raqobatchisi deb hisoblamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.