Floridada “Milton” to'foni qurbonlari soni 14 nafarga yetdi

    AQShning Florida shtatida yuz bergan “Milton” to'foni qurbonlari soni 14 nafarga yetdi.

    Bu haqda mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga tayanib, Washington Post gazetasi xabar berdi.

    Ulardan olti nafari chorshanba kuni tornado oqibatida halok bo'lgandi. Volusha okrugi ma'muriyati to'rt kishining o'limi haqida xabar berdi. Sent-Pitersbergda yana ikki kishi, Sitrus okrugida esa shuncha odam halok bo'ldi.

    “Milton” to'foni chorshanba kuni kechqurun Florida sohiliga yetib kelib, Saffir-Simpson shkalasi bo'yicha uchinchi toifaga yetdi. Bungacha shtatda bir necha bor tornado yuz berib, qo'shimcha vayronagarchilikka olib keldi, deb xabar beradi report.az.