Bu haqda mahalliy yong'in xavfsizligi xizmati rahbari Skott Elers xabar berdi.
Unga ko'ra, bir necha kishi, jumladan, uchuvchi halok bo'lgan. U qurbonlarning aniq sonini aytmadi.
Qayd etishicha, samolyot parkdagi uylardan biriga qulab tushgan, oqibatda yong'in yana to'rtta tirkamaga o'tgan. Uchta tirkamada bo'lganlar jarohat olmagan, deb xabar beradi report.az.
Federal aviatsiya boshqarmasining CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, samolyot uchuvchisi halokatdan oldin dvigateldagi nosozlik haqida xabar bergan.