FNQIZ mahsulot yuborishni raqamlashtiradi

    Raqamlashtirish 22 Dekabr 2022 1932

    Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali FNQIZ texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqishga erishyapti.

    Bugungi kunda korxonaning barcha resurslari isteʼmolchilarni arzon yoqilgʻi, xususan, benzin bilan taʼminlashga qaratilgan.

    Ishlab chiqarish va mahsulot yuborishning yuqori surʼatlarini taʼminlash maqsadida 2022-yil dekabr oyining birinchi oʻn kunligidan boshlab Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida “SAP S/4 Hana” dasturiy taʼminoti asosida Korporativ axborot tizimida elektron hujjat aylanishi orqali yuklarni joʻnatishning avtomatlashtirilgan jarayoni ishga tushirildi. Bu mijozlar bilan oʻzaro aloqada boʻlgan boʻlim uchun mahsulot yuborish jarayonining barqarorligi va shaffofligini taʼminlaydi.

    Amalga oshirilgan avtomatlashtirish jarayoni bir qator afzalliklarni beradi. Yuk hujjatlari endi QR kod bilan chop etiladi. Uning ichida yuk haqidagi barcha maʼlumotlar bir joyda raqamli tarzda jamlanadi. QR kod yordamida mutaxassis mobil telefondan yukni joʻnatish va unga masʼul boʻlgan shaxslar haqidagi barcha maʼlumotlarni koʻrishi mumkin.

    Bundan tashqari, ushbu avtomatlashtirish jarayon joriy etilishi bilan har bir avtomobil ularga beriladigan elektron talon orqali zavodga kiradi. Yuk tashish holatini onlayn tarzda kuzatish, bu jarayonning har bir bosqichini barcha ishtirokchilar tomonidan masʼuliyat bilan amalga oshirishiga zamin yaratadi.

    Amalga oshirilgan tizim mahsulotlarni joʻnatish bilan bogʻliq yuzaga keladigan muammolar zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi va qogʻoz hujjatlar sonini keskin kamaytiradi. Tizimdagi barcha maʼlumotlar inson omili ishtirokisiz amalga oshiriladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

    “Ushbu jarayon zavod menejmentiga dunyoning istalgan nuqtasidan, onlayn tarzda zavoddagi jarayonlarni koʻrish va kuzatish imkonini beradi. Hozirda zavod tomonidan mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha keyingi qadamlar belgilangan”, — dedi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Natalya Alshanikova.