Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Farg‘ona viloyati madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda viloyat madaniyat va san’at mas’ullari, teatrlar rahbarlari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, san’atkorlar, so‘z ustalari, yosh ijodkorlar, turli jabhalarda mehnat qilayotgan sohaning fidoyilari ishtirok etdilar.