Forish tumanida 2024-yil 10-yanvar kuni soat 10-20 larda shamol tezligi 24 m/sekundgacha kuchayishi natijasida aylanma shamol yuz berib, Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tom qismidan qisman tom yopigʻichlarini uchirdi.

Natijada shamol uchirgan tunika va taxtalar uchib, hokimiyat avtoturargohida boʻlgan 6 ta avtomashina ustiga tushdi va qisman zarar yetkazdi.

Fuqarolarga hech qanday zarar yetkazmadi.

Tabiiy ofat natijasida koʻrilgan talofatni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.