Anjumanda muhokama etilgan masalalar hamda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, qayd etilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda parlamentlar devonlari xodimlarining faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Shuningdek, parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari hamda parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik guruhlarining oʻzaro aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ham aynan parlament devoni xodimlarining samarali faoliyati muhim institut vazifasini oʻtaydi.
Parlamentlar devonlari rahbarlarining muzokaralarida ayni shu jihatlarga eʼtibor qaratildi hamda hamkorlikni tizimli ravishda yoʻlga quyish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida, parlamentlararo aloqalarning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, mintaqa mamlakatlari parlamentlarining ilmiy, ekspertlik va axborot-tahlil xizmatlarining hamkorlik tizimini takomillashtirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.