Ma'lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat Ishchi guruhi avtotransport vositalarini boshqarishda yo'llarda belgilangan tezlikka rioya etilishini radarlar, statsionar va ko'chma maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazorat qilinishi bo'yicha o'rganish olib borgan edi.
Ushbu o'rganish yakunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo'lib o'tgan yig'ilishda muhokama qilinib, radarlar va boshqa maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazoratni qonuniy amalga oshirish, haydovchilarga jarima qo'llashda me'yoriy hujjat talablariga, ochiqlik-oshkoralik tamoyillariga qat'iy rioya etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qilingan edi.
Xo'sh, qaror qabul qilindi. Uning ijrosi nima bo'ldi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati SHerzod Rahmonovning ma'xlum qilishicha, mazkur qaror Ichki ishlar vazirligi tomonidan ko'rib chiqilib, qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, yo'l harakati ishtirokchilariga yo'llarda belgilangan tezlikda harakat qilishini ta'minlash maqsadida Respublika bo'ylab qo'shimcha 355 dona 5.43 “Radar”axborot ishora belgisi o'rnatildi.
Haydovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida yo'l harakati qoida buzarliklari va transport vositalarining tezligini nazorat qiluvchi maxsus vositalarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini berish uchun onlayin rejimda ishlovchi 126 ta statsionar fotoradar va 349 ta intellektual rejimda ishlovchi kameralarning aniq joylashgan manzili yhxbb.uz rasmiy veb-saytida ochiqlandi.