Foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil boʻlgan qarzlar hisobdan chiqarildi

    Mamlakatimizda 9 Sentabr 2022 1898

    “Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–218-son, 09.09.2022-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qoʻllanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi natijasida hosil boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha:

    ▫️mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
    ▫️soliq qarzini undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

    2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar boʻlgan davrda taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida undirilgan soliq kelgusi toʻlovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.

    Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 1-iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga hamda ushbu obyektlar bilan band n yerga mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini toʻxtatish tartibi bekor qilingan.