Fransiya bosh vaziri isteʼfoga chiqdi

    Elizabet Born Fransiya bosh vaziri lavozimini tark etdi.

    Yelisey saroyi bayonotida aytilishicha mamlakat prezidenti Emmanuel Makron isteʼfoni qabul qilib, qilgan ishi uchun Bornga minnatdorchilik bildirdi.

    Davlat rahbari Elizabet Bornning “sodiqligi va qatʼiyatini” qayd etdi.

    Yelisey saroyi Born yangi hukumat tayinlanmaguncha oʻz vazifasini bajarishini aytdi.

    Born 2022-yil may oyidan beri Fransiya vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilib kelmoqda