Fransiya sudi Suriya prezidentini hibsga olish uchun order tasdiqladi

    Fransiyaning Oliy sudi Suriya prezidenti Bashar al-Assadni insoniyatga qarshi urush jinoyatlariga sheriklikda gumon qilib, hibsga olish uchun orderni tasdiqladi.

    Qayd etilishicha, Fransiya tergov sudyalari, Bashar al-Assad va yana uch kishini Suriyada tinch aholiga nisbatan halokatli kimyoviy qurol hujumiga aloqadorlikda ayblab, hibsga olishni soʻragan.

    Bu haqda Fransiya idoralari xabariga asoslanib, BBC maʼlum qildi.

    Fransiya Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha qoʻmitasi prokurorlari uning amaldagi xorijiy davlat rahbari sifatida daxlsizlik huquqiga ega ekanini aytib, Fransiya orderining haqiqiyligiga eʼtiroz bildirdi.

    – Milliy sud amaldagi davlat rahbari toʻliq shaxsiy daxlsizlikka ega emasligini birinchi marta tan oldi, – deydi Klemens Bechtart, Jan Sulzer va Klemens.

    Maʼlumotlarga qaraganda, chorshanba kuni Parij apellyatsiya sudi orderning haqiqiyligini tasdiqlaganini eʼlon qildi.

    Bashar al-Assadning Fransiyada sudga tortilishi dargumon boʻlsada, Fransiya sudi rasmiylari bu kimyoviy hujumlar qurbonlari uchun adolat yoʻlidagi hal qiluvchi qadam ekanini aytdi.