Uchrashuvda Fransiya — O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, Frantsiyada bo'lib o'tishi ko'zda tutilayotgan bir nechta kontsert dasturlari, madaniyat va san'at festivallariga ustoz san'atkorlar bilan bir qatorda iste'dodli talaba-yoshlar ishtirokini ham ta'minlash kabi masalalar muhokama etildi. 

Suhbat yakunida har ikki tomon kelgusida yangi  hamkorliklarni o'rnatish yuzasidan o'z takliflarini bildirdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.