Fransiya do'konlarida oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelmoqda

    Fransiyadagi oziq-ovqat do'konlari norozilik namoyish etgan fermerlar tomonidan to'sib qo'yilgan milliy avtomagistrallarda transport harakatining to'xtatilishi va yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli ba'zi mahsulotlar tanqisligiga duch kelmoqda.

    Respublikaning shimoli-sharqidagi Ardenlar departamentida ayrim supermarketlarda yogurt, yangi meva va sabzavotlar, salat va tayyor sendvich kabi mahsulotlar yo'q. Mamlakatning janubiy qismida (Bush-dyu-Ron departamenti) non va ayrim tez buziladigan mahsulotlar yetishmayapti. Grenoblda (Fransiyaning janubi-sharqida) ba'zi supermarketlarda go'sht, baliq va pishloqlar mavjud emas.

    Namoyishchi fermerlar magistral yo'llarni to'sib qo'yishdan tashqari, mamlakatning turli hududlaridagi omborlar va logistika markazlariga kirishni ham to'sib qo'yishgan, deb xabar beradi report.az.