“Le Cordon Bleu” pazandachilik san'ati va mehmonxona boshqaruvi instituti vakili Filip Rosheron va Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimlari O'zbekiston Oshpazlar uyushmasi va uning raisi Akbar Umarov tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv O'zbekiston Oshpazlar uyushmasi va Xalqaro o'zbek pazandachilik san'ati markazi uchun o'z faoliyati bilan o'rtoqlashish va mehmonlarga o'zbek oshpazlik taomlarini taqdim etish imkoniyatini berdi. Muloqot fransuz va o'zbek xalqlarining gastronomiyaga bo'lgan mushtarakligini qayd etish imkonini berdi.

Dilshod Islomov