Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog'ida mamlakat Falastin davlatini sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida rasman tan olishini ma'lum qildi.
“Men Fransiya Yaqin Sharqda adolatli va mustahkam tinchlik o'rnatish bo'yicha o'zining tarixiy majburiyatiga sodiq qolgan holda, Falastin davlatini tan olishga qaror qildim”, dedi Makron.
Makron bugungi kunda G'azodagi urushni to'xtatish va tinch aholini qo'llab-quvvatlash nihoyatda muhim ekanini ta'kidladi, deb xabar beradi lenta.ru.









