Fransiya Isroilga uchirilgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo'q qilganini ma'lum qildi

    Fransiya mudofaa vaziri Lekornyuning ta'kidlashicha, Parij Isroilning Eronga bergan zarbalarida ishtirok etmagan.

    Fransiya mudofaa vaziri Sebastyen Lekornyu Fransiya qurolli kuchlari Isroil tomon uchirilgan Eronning 10 ga yaqin uchuvchisiz uchoqlarini zararsizlantirganini aytdi.

    Milliy kengashda nutq so'zlagan Lekornyu, Fransiya Isroilning Eronga zarba berishida ishtirok etmaganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Fransiya tahdid yuzaga kelgan taqdirda mintaqadagi o'z bazalarini qonuniy o'zini-o'zi himoya qilish tamoyili asosida himoya qiladi.

    Vazir, shuningdek, mintaqada joylashtirilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari va Rafale qiruvchi samolyotlari Eronning bir nechta uchuvchisiz uchoqlarini tutib olganini aytdi. Ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasidagi bayonotida u gap Isroil tomon yo'l olgan uchuvchisiz uchoqlar haqida borayotganini aniqlik kiritdi, deb xabar beradi aa.com.tr.