Fransiya maktablarda “Google” va “Microsoft” dasturlaridan foydalanishni taqiqladi

    “Microsoft Office 365” bepul havolasi qanchalik qulay va jozibador boʻlsa-da, unda noqonuniy yashirin “demping” shakli mavjud.

    Fransiya hukumati rasmiylari “Google” va “Microsoft”ning bulut xizmati maʼlumotlar bazalari AQSHda joylashganligi, shuningdek, Yevropa Axborot texnologiyalari va inson huquqlari boʻyicha milliy komissiya talablariga mos kelmasligi sababli maktablarda “Microsoft Office 365” va “Google Workspace” havolalaridan foydalanishni taqiqladi.

    Fransiya Milliy Assambleyasi aʼzosi Filip Letom “Microsoft Office 365” bepul havolasi qanchalik qulay va jozibador boʻlsa-da, unda noqonuniy yashirin “demping” shakli mavjudligini taʼkidlagan assambleya yigʻilishida.

    Demping – tovar narxlarini sunʼiy ravishda arzonlashtirish, baʼzan tan narxidan past narxlarda sotish orqali bozorni egallash uchun raqobat vositalaridan biri.