Frantsiya Prezidenti Emmanuyel Makron pensiya islohoti to'g'risidagi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda TASS.
"Shunday qilib, Ijtimoiy ta'minot kodeksiga o'zgartirishlar kiritilmoqda. <...> Birinchi xatboshidagi "oltmish ikki" degan so'zlar "oltmish to'rt" degan so'zlar bilan almashtirilsin", deyiladi hujjat matnida.
Prezident bu qonunni Frantsiya Konstitutsiyaviy kengashi juma kuni qonuniy pensiya to'g'risida qaror chiqargan va eng kam pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko'tarish bo'yicha asosiy moddani ma'qullagani fonida imzolagan.