Fransiya taraqqiyot agentligi ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi

    “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.

    Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) “Shaharlarni rivojlantirishni boshqarish” loyihasi doirasida FTA missiyasi ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuv davomida vazirlik va mahalla tizimining faoliyati, oʻtkazilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Ekspertlar qiziqtirgan savollariga atroflicha maʼlumotlar oldilar.

    Shu bilan birga, “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.