Fransiya universiteti mutaxassislari Samarqandda gastronomik turizm sohasida kadrlar tayyorlaydi

    Ta'lim 4 Oktabr 2024 678

    2024-yil 3-oktyabrda Turizm qoʻmitasida Fransiyaning “Le Cordon Bleu Paris” universitetining Ishga qabul qilish va rivojlantirish boʻyicha departamenti rahbari Philippe S. Rocheron bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda, “Le Cordon Bleu Paris” universiteti bilan hamkorlikda Samarqandda gastronomik turizm sohasida kadrlar tayyorlash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, Turizm qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan fikrlar almashildi.

    “Le Cordon Bleu Paris” universitetining kulinariya sohasidagi yuqori malakali mutaxassislari tomonidan 2024-yil dekabr oyidan boshlab, Samarqandda gastronomik turizm sohasida kadrlarning malakasi oshirishga kelishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.