Qayd etilishicha, soat 07:00 dan 09:00 gacha va 16:30 dan 18:30 gacha boʻlgan davrda shahar yoʻllarida katta tirbandliklar yuzaga keladi. Ular bilan turli usullar bilan kurashishga harakat qilishdi, ammo birortasi foyda bermadi.
Shunday qilib, maʼmuriyat Ecobonus aksiyasini boshlashga qaror qilishdi. Bu aksiya orqali endi haydovchilar kunning tigʻiz vaqtlarida avtomagistrallarda avtomobil haydamagani uchun ikki yevro olishadi. Loyiha sentyabr oyida boshlanadi.
Unda besh ming haydovchi ishtirok etishi allaqachon maʼlum. Keyinchalik koʻproq odam mukofot olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ecobonus aʼzosi boʻlish uchun 12-maygacha roʻyxatdan oʻtish jarayonini yakunlash kerak. Keyin GPS orqali harakatni kuzatish uchun smartfonga ilovani yuklab olish talab etiladi.
Haydovchilar A1 Parij-Lill va A23 Valancen-Lill avtomagistrali boʻylab oʻrnatilgan transport kameralari orqali nazorat qilinadi, deb xabar beradi korrespondent.net.








