Bu haqda X (avvalgi Twitter) “Bo'ysunmaydigan Fransiya” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Matilda Pano xabar berdi.
“Milliy assambleya byurosi hozirgina ko'pchilik ovoz bilan Respublika Prezidentining iste'fosi to'g'risidagi rezolyutsiyani qabul qilinishining maqbul ekani haqida qaror qabul qildi”, deb yozadi u va bu harakatni mamlakat uchun “misli ko'rilmagan” deb atadi.
Uning qo'shimcha qilishicha, endilikda qaror matni Qonunchilik masalalari qo'mitasiga muhokama uchun yuboriladi. Matilda Pano, shuningdek, 21-sentabr kuni Emmanuel Makron siyosatiga qarshi va uning iste'fosi uchun ommaviy namoyish o'tkazilishini e'lon qildi.
Qaror 31-avgust kuni Milliy assambleya byurosiga taqdim etilgan. Bu mamlakat konstitutsiyasining 68-moddasiga muvofiq Emmanuel Makronni hokimiyatdan chetlatish tartibini ishga tushirishni o'z ichiga oladi, bu esa u o'z vazifalarini bajarmagan taqdirda bunday ssenariyga ruxsat beradi. Bu parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni tasdiqlashdan bosh tortishga ham tegishli.
Qarorni tasdiqlash uchun Milliy assambleya deputatlarining uchdan ikki qismi unga ovoz berishi kerak. Keyin loyiha parlament Senatiga (yuqori palatasi) taqdim etiladi. Har ikki palata hujjatni qo'llab-quvvatlasa, deputatlar va senatorlar qo'shma majlisga yig'ilishi kerak. Impichment uchun rezolyutsiyani ikki palataning 925 a'zosidan kamida 617 nafari qo'llab-quvvatlashi kerak, deb xabar beradi tass.ru.