Fransiyada ikkita qiruvchi samolyot halokatga uchradi

    Ikkita Mirage harbiy qiruvchi samolyoti chorshanba kuni Fransiyaning Myort va Mozel departamentida halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Est Republicain gazetasi.

    “Chorshanba kuni ertalab Otrvil sektorida, Vosges va Myort va Mozel departamentlari chegarasida harbiy havo kuchlarining ikkita Mirage samolyoti halokatga uchradi”, deyiladi maqolada.

    Qayd etilishicha, jandarm va yong'in-qutqaruv xizmati ishtirokida uchuvchilarni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi ria.ru.

    Maqolada aytilishicha, aviahalokatda qurbon bo'lganlar sonini aniqlashning hozircha imkoni yo'q.