Fransiyada “Kiaran” to'foni qurbonlari soni ortdi

    Fransiyada “Kiaran” to'foni qurbonlari soni 3 nafarga yetdi.

    Qayd etilganidek, uchinchi qurbon 42 yoshli ayol bo'lib, u mamlakat janubi-sharqida joylashgan Marsel yaqinidagi Bush-dyu-Ron departamentidagi ko'rfazda suzayotganida to'lqinlar ostida qolib ketgan.

    Avvalroq ikki kishi halok bo'lgani xabar qilingan edi. Ena departamentida yuk mashinasi ag'anab tushgan daraxtga borib urilgan, oqibatda haydovchisi halok bo'lgan. Gavr shahrida bir kishi kuchli shamol tufayli balkondan tushib ketgan, deb xabar beradi mir24.tv.