Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshmoqda

    Bugun mamlakatda 12 857 kishi COVID-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu avvalgi kunga nisbatan 39 kishiga kam. Soʻnggi 24 soat ichida kasalxonalarda koronavirus infeksiyasidan 32 nafar bemor vafot etdi.

    Fransiyada COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar soni oʻsishda davom etmoqda. Xususan, chorshanba kuni 38 250 nafar kishida infeksiya qayd etildi. Bu bir hafta ichida kasallanish taxminan 13 foizga oshganini koʻrsatadi, deb xabar beradi Ouest-France gazetasi.

    OAVda qayd etilishicha, “Epidemiya, ayniqsa, oʻquv yili boshlanishi bilan yoshlar orasida qayta kuchaymoqda”.

    Gazeta Fransiya milliy sogʻliqni saqlash agentligining soʻnggi maʼlumotlariga tayanadi. Unga koʻra 12 dan 18-sentyabrgacha boʻlgan davrda mamlakatda kasallanish darajasi 100 000 aholiga 292 holatni tashkil etdi. Bu bir hafta ichida 57 foiz oʻsishni anglatadi. Agentlikning qayd etishicha, bu koʻrsatkich Fransiyaning Yevropa qismining barcha departamentlarida, ayniqsa shimoliy yarmida ortib bormoqda.

    Shu bilan birga, shifoxonalarda kasalxonaga yotqizishning sekin kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugun mamlakatda 12 857 kishi COVID-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu avvalgi kunga nisbatan 39 kishiga kam. Soʻnggi 24 soat ichida kasalxonalarda koronavirus infeksiyasidan 32 nafar bemor vafot etdi. Fransiyada pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 tufayli jami 154 824 kishi vafot etgan.

    Maʼlumot uchun, chorshanba kuni Oʻzbekistonda 21 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Siz ham COVID-19ʻga qarshi emlaning hamda oʻzingiz, oila aʼzolaringiz va jamiyat salomatligini asrang!