Fransiyaning yangi bosh vaziri Jan Kasteksning ish boshlashi bilan Fransiyada sport taʼlim va yoshlar vazirligiga biriktirildi hamda suzish sporti boʻyicha 2000-yilgi Sidney olimpiadasining kumush medal sovrindori Jan-Mishel Blanker ushbu tuzilmaning vaziri etib tayinlandi.

Getty Images axborot saytining xabar berishicha, Fransiya davlat boshqaruvidagi bu oʻzgarishlar, xususan mamlakat sport boshqaruvidagi yangilanishlar Parij-2024 olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikni yana-da kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Ekspertlarning fikricha, sport sohasidagi ushbu oʻzgarishlarga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning oʻtgan kuni Xalqaro olimpiya qoʻmitasi rahbari Tomas Bax bilan Parij-2024 doirasidagi uchrashuvi sabab boʻlgan.

Toʻlqin ROʻZIYEV.