Fransiyadagi Ruan ibodatxonasida yong'in sodir bo'ldi

    Fransiyadagi mashhur Ruan ibodatxonasining yuqori qismida yong'in kelib chiqdi.

    Yong'in sabablari hozircha noma'lum. Ammo binoning yuqorisida ta'mirlash ishlari olib borilgani haqida ma'lumot bor.

    Odamlar ibodatxonadan evakuatsiya qilindi. Binoning atrofi politsiya tomonidan o'rab olindi. Yong'inni o'chirishga 63 nafar o't o'chiruvchi va 33 ta texnika jalb qilindi.

    Ruandagi ulkan gotika ibodatxonasi milodiy XII-XVI asrlarda qurilgan. Uning 151 metr balandlikdagi metalldan qurilgan qismi XIX asrda qad ko'targan. 1880-yilgacha ibodatxona dunyodagi eng baland bino bo'lgan, deb xabar beradi korrespondent.net.