Fransiyadagi yana bir muzeyda o'g'rilik sodir etildi

    Noma'lum shaxslar Yuqori Marna departamentining Langra shahrida fransuz yozuvchisi va faylasufi Deni Didro nomidagi “Ma'rifat uyi” muzeyidagi eksponatlar o'g'irlab ketildi.

    Bu haqda Fransiya OAVlari xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, bu Luvr muzeyidagi o'g'rilikdan bir necha soat o'tib sodir bo'lgan.

    XVIII – XIX asrlarda zarb qilingan oltin va kumush tangalar kolleksiyasi o'g'irlangan.

    Aytilishicha, o'g'rilar 19-oktabrdan 20-oktabrga o'tar kechasi muzeyga kirgan. Kirish eshigi singan, vitrina sindirilgan, deb xabar berdi report.az.