Fransiyalik fuqaro Boyqo'ng'ir yaqinida vafot etdi

    Ikki nafar Fransiya fuqarosi Qozog'istondagi Boyqo'ng'ir kosmodromi hududiga noqonuniy kirishga urindi, ulardan biri halok bo'ldi. Bu haqda 11-iyun, seshanba kuni Rossiyaning Baza telegram kanali yozdi.

    Qayd etilishicha, erkaklar katta yo'lga chiqib, dashtdagi baland binolar tomon yo'l olishgan. Yo'lda ulardan birining ahvoli yomonlashgan.

    Rossiyaning 112 telegram-kanali sayyohlarning ehtimoliy ismlari va yoshini e'lon qildi. 112 ma'lumotlariga ko'ra, ular dasht bo'ylab piyoda taqiqlangan hududga borishgan. Xabar qilinishicha, 25 yoshli Anjelo Alebetaning burnidan bir necha bor qon ketgan va oxir-oqibat hushini yo'qotgan.

    Qayd etilishicha, uning hamrohi 27 yoshli Nikolay Karbon eng yaqin Samara-Chimkent yo'liga etib borgan va qozoq politsiyasini to'xtatgan. Ular xorijlik sayyohni 1-o'tkazish punktiga olib ketishgan. Ular Anjeloni topganlarida, u allaqachon hayotdan ko'z yumgan edi. Ta'kidlanishicha, jasadda jarohat yetkazilganligi bilan bog'liq iz topilmagan.

    “Uning yuragi issiqqa bardosh bera olmadi”, deb yozadi kanal ekspertlarning dastlabki xulosalariga tayanib.

    Boyqo'ng'ir kosmodromi Qozog'istonda joylashgan bo'lib, Rossiya tomonidan uzoq muddatli ijara asosida foydalaniladi. 2024-yil iyun oyi boshida Boyqo'ng'ir hududida havo harorati +30 darajadan oshdi, deb xabar beradi korrespondent.net.