Fransiyalik mutaxassislar “Oʻzaviatsiya”da dars berdi

    Ta'lim 27 Fevral 2023 1259

    Joriy yil 24-fevralda “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan “Fuqaro aviatsiyasi sohasida texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi Kelishuv”ni amalga oshirish boʻyicha kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilar Fransiya Fuqaro aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi hamkorligida Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti (ENAC) tomonidan “Oʻzaviatsiya” agentligida oʻtkazilgan oʻquv kurslarining yakuniga bagʻishlangan rasmiy Sertifikatlar topshirish tadbirida ishtirok etdi.

    Joriy yil 20–24-fevral kunlari davomida tashkil etilgan ushbu oʻquv kurslarida “Oʻzaviatsiya” agentligining 12 nafar inspektorlari ishtirok etdi.

    Bugun esa barcha tinglovchilar — “Oʻzaviatsiya” agentligi inspektorlari Fransiya Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti sertifikatlarini oldi.

    Oʻquv kursi Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti katta oʻqituvchisi Piyerre Roselini tomonidan “Inspektor tekshiruvlarini oʻtkazish” (“Audit SMS techniques”) yoʻnalishi boʻyicha olib borildi deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.