Frantsiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo'llarini quradi

    Transport 23 Noyabr 2022 2988

    O'zbekiston va Frantsiya Parijda Toshkentning tramvay tizimi loyihasini amalga oshirish bo'yicha «yo'l xaritasi»ni imzoladi.

    Investitsiyaviy kelishuvga muvofiq, Frantsiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi 9,1 kilometrlik tramvay liniyalarini quradi.

    Kunlik yo'lovchi tashish hajmi 78 ming kishini tashkil etishi kutilmoqda. Qurilish ishlarini 2024 yilning birinchi choragida boshlash rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 167,4 mln evroga baholanmoqda.

    Transport vaziri I.Mahkamov liniyalarning yo'nalishlari hali aniq emasligini bildirdi. Toshkentni bo'lajak «Yangi Toshkent» shahri bilan bog'lovchi Yangi O'zbekiston ko'chasi istiqbolli yo'nalishlardan biri bo'lishi mumkin. Bunda, taxminlarga ko'ra, liniya «Do'stlik» metro bekatidan boshlab, Yangi O'zbekiston ko'chasi bo'ylab o'tadi.