Fransiyaning “Auchan Russia” brendi Toshkentda oʻz ofisini ochadi

    Biznes 31 Yanvar 2024 327

    “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Oʻzbekistonga jahon brendlarini jalb etish boʻyicha doimiy ravishda faol ish olib boryapti.

    Bu borada, bugun Uyushmada “Auchan Russia” kompaniyasining sours va import departamenti direktori Pyer Kardelli va taʼminot boʻyicha menejer Kristof Delaney bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda fransuz brendi vakillari Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalariga tashriflari haqidagi ijobiy taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar va natijada hamkorlikning asosiy mezoni – ekologik va ijtimoiy standartlar (Oeko-Tex, Sedex)ga ega oʻzbek korxonalari bilan ishlashni boshlashlarini maʼlum qildi. Shuningdek, mahsulotlarning yuqori sifati, barqarorlik hamda narxi Vetnam, Xitoy, Bangladesh va Hindistonning yetkazib beruvchilarnikiga mos kelishi ham hisobga olinadi.

    Mehmonlar, shuningdek, korporatsiya siyosatiga koʻra, respublikada ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlari Rossiya, Osiyo va Yevropadagi savdo nuqtalariga joylashtirilishini maʼlum qildi. Samarali ishlash maqsadida yaqin kunlarda brend Toshkentda oʻz ofisini ochadi, deb xabar beradi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.

    Taʼkidlash kerakki, “Auchan Retail Russia” – yirik savdo tarmogʻi boʻlib, dunyo boʻylab 230 ta doʻkonga egalik қилади.Шунингдек, mijozlarga qulaylik yaratish uchun onlayn-doʻkon va “Moy Ashan” mobil ilovasiga ega.