Tashrif davomida universitet vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi va muzokaralar yakunlari boʻyicha quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishildi:

— Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan universitetlararo aloqalarni rivojlantirish;

— universitet kutubxonasida Fransiya elchixonasi burchagini ochish va uni fransuz kitoblari hamda oʻquv resurslari bilan toʻldirish;

— turizm va mehmonxona sohalarida fransuz universitetlarining taqdimotlarini tashkil etish;

— tadqiqotchilar va talabalar uchun madaniy meros, muzeyshunoslik va arxitektura sohasida maxsus treninglar oʻtkazish;

— ilmiy tadqiqotchilar va universitet oʻqituvchilari uchun turizm sohasida Fransiya hukumatining grantlarini olishga koʻmaklashish.

Uchrashuv soʻngida mehmonlar uchun universitet boʻylab ekskursiya tashkil etildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.