Fransiyaning Grets-Armenvil shahridagi «Uranoskop« rasadxonasi hududida oʻzbek xalqining buyuk ajdodi, astronom va faylasuf Abu Rayhon Beruniy haykali oʻrnatildi.
Grets-Armenvil Parijdan 32 kilometr uzoqlikda Il-de-Frans hududida joylashgan boʻlib, shahar mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador manzil hisoblanadi. Shahar “Château dʼArmainvilliers” qalʼasi (1877), Sent-Jan-Baptista cherkovi (XV asr), Armenvil milliy bogʻi va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan mashhur.
“Uranoskop« fransuz rasadxonasi 1983-yilda tashkil etilgan. Rasadxona Parij rasadxonasi va «Université Paris-Saclay” bilan hamkorlikda Quyosh tizimining kichik jismlarini, shuningdek, meteoritlarni oʻrganish dasturi doirasida faoliyat yurituvchi ilmiy markaz hisoblanadi.
Beruniy Yerning aylanishi haqidagi ilk nazariyalarni ilgari surgan va uning radiusini toʻgʻri aniqlagan.
Hozir kunda Beruniy qalamiga mansub ayrim asarlarning asl nusxalari Fransiya Tibbiyot akademiyasida saqlanmoqda.









