Muloqotda davlat xizmati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish jarayonlari, ma'muriy islohotlarning o'ziga xos jihatlari yuzasidan Frantsiya tajribasi o'rganildi.
Shuningdek, O'zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishda fransiyalik ekspertlar bilan hamkorlik, davlat xizmatchilarining mamlakatda tajriba orttirishi masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, delegatsiyamiz vakillari xizmat safari davomida Fransiya Respublikasida davlat xizmati transformatsiyasi, markaziy va mahalliy boshqaruv, siyosiy elita hamda davlat xizmatchilarini tayyorlash bo'yicha maktablar faoliyatini o'rganishi rejalashtirilgan.