Frantsiyaning klublaridan biri Shomurodovni sotib olmoqchi

    Sport 18 Yanvar 2023 1777

    "Roma" hujumchisi eldor Shomurodov jamoasini o'zgartirishga yaqin.

    Frantsiyaning "Lill`" klubi o'zbekistonlik forvard uchun 13-14 mln evro taklif qilishga tayyor.

    Manbalarning xabar berishicha, Shomurodovning o'zi Italiyada qolishni istamoqda. Turinning "Torino" klubi ham futbolchini qo'lga kiritish uchun muzokaralar olib bormoqda.

    Eslatib o'tamiz, "Lill`" klubi 2020/21 yilgi mavsum Frantsiya chempioniga aylangandi. Jamoa ayni paytda Liga 1 turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.