Bu haqda 10-noyabr kuni Le Monde nashri xabar berdi.
Sarkozi saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish ayblovlari bo'yicha besh yillik qamoq jazosining uch haftasini o'tkazdi. U sud nazorati ostida ozod qilinadi. Parij Apellyatsiya sudi Sarkozining sudgacha hibsda saqlanishini asossiz deb topdi. Shuningdek, Fransiya prokuraturasi uning muddatidan oldin ozod qilinishiga rozi bo'ldi. Sud majlisiga videoaloqa orqali qo'shilgan Sarkozi qamoqdagi vaqti “juda qiyin” va “charchoq” bilan o'tganini aytdi, deb xabar berdi eadaily.com.
Sarkozi 2007-yilda uning saylovoldi kampaniyasining moliyalashtirilishi bilan bog'liq holat yuzasidan aybdor deb topilgan edi. Sud uni Muammar Qaddafiy boshchiligidagi Liviya hukumatidan noqonuniy ravishda mablag' olganlikda aybdor deb topdi. 25-sentabr kuni Fransiyaning sobiq Prezidentiga besh yilga ozodlikdan mahrum qilish va jarima tayinlandi. U qamoq jazosini olgan birinchi Fransiya davlat rahbari bo'ldi. 21- oktabr kuni u apellyatsiya shikoyati ko'rib chiqilgunga qadar hibsda saqlandi, ammo darhol ozodlikka chiqish uchun ariza berdi. Qamoqda Sarkozi sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli ovqatdan bosh tortdi. OAV xabarlariga ko'ra, u faqat yogurt ichimligi bilan kun ko'rgan.








