Fransiyaning Suez kompniyasi Toshkent shahrining suv ta'minoti tizimini o'zgartiradi

    Urbanizatsiya 16 Iyun 2020 3453

    Toshkent shahar hokimiyati ichimlik suvi ta'minoti va maishiy chiqindilarni boshqarish bo'yicha Fransiyaning Suez International kompaniyasi bilan hamkorlik boshlanganini e'lon qilindi.

    Umumiy qiymati 185,4 million yevroni tashkil etuvchi loyiha etti yilga mo‘ljallangan. Shahar hokimiyati axborot xizmatining xabar berishicha, loyihaning umumiy byudjeti 185,4 million yevroni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ shahar suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ularni boshqarishni yaxshilashga sarflanadi. Bu O‘zbekistondagi suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi bo‘lib, keyinchalik butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun namuna bo‘lishi kutilyapti.

    Toshkent suv ta'minotini o‘zgartirish mahalliy iqtisodiyotga ham katta hissa qo‘shadi: uskunalar ishlab chiqarishning bir qismi Toshkentda lokalizatsiya qilinadi. Qo‘shimcha ish joylari yaratiladi, yuzlab suv ta'minoti bo‘yicha mahalliy mutaxassislar o‘qitiladi.

    Texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash uchun texnik topshiriq loyihasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Suez yechimlari suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini tahlil qilish va diagnostika qilish, shuningdek, tarmoqning ishlashini optimallashtirish uchun operatsion, raqamli va texnik yechimlarni aniqlash, shu jumladan, nosozliklarni bartaraf etish, aqlli o‘lchash, mijozlar bilan aloqalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

    Forbes.uz saytining ta'kidlashicha, Suez O‘zbekistonni Markaziy osiyoda ustuvor bozor va o‘z tarmoqlarini kengaytiruvchi boshlang‘ich nuqtaga aylantirmoqchi. Bu erda mintaqaviy markazini tashkil etish niyati ham bor. Shu paytgacha kompaniya Toshkent va Samarqandda o‘z vakolatxonalarini ochgan.

    Suez (ilgari Suez Environnement) 1896 yilda tashkil topgan. U suv va chiqindilarni boshqarish sohasida ishlaydi. Kompaniya dunyodagi eng yirik xususiy suv ta'minotchilaridan biri bo‘lib, uning korxonalari beshta qit'ada mavjud.

    Suez 64 million aholiga xizmat qiladi va 7,1 milliard kilometr ichimlik suvi ishlab chiqaradi.