FT: Muzlarning tez erishi Arktikada geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda

    Havo haroratining haddan tashqari yuqorilashi tufayli o'tgan mart oyi 47 yillik tadqiqotlar davomida Arktika muzlarining qisqarishi bo'yicha rekord oy bo'ldi.

    Bu haqda Yevropa Copernicus dasturining iqlim o'zgarishi monitoringi xizmati xabar berdi. Xizmat ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yil mart oyida Arktika muzlarining maydoni 14,5 million kvadrat kilometrni tashkil qilgan, bu 1991 – 2020-yillardagi ushbu oydagi o'rtacha ko'rsatkichdan 6 foizga kam.

    Financial Times (FT) yozganidek, bu holat turli davlatlar o'rtasida “geosiyosiy poyga” uchun imkoniyatlar yaratadi. Arktika hududining katta qismi taxminan o'n yil ichida muzdan xoli bo'lishi kutilmoqda. Vudro Vilson markazi Qutb tadqiqotlari institutining sobiq direktori Rebekka Pinkusning gazetaga aytishicha, mintaqada harbiy va savdo kemalari, xususan, Rossiya kemalari faolligi keskin oshgan.

    “Kemalar u yerdan o'tishi mumkin bo'lgan navigatsiya mavsumi kuchaymoqda”, dedi u. Oxota va Barens dengizlari hududlari muzdan sezilarli darajada xoli bo'lib bormoqda. Bundan tashqari, Copernicus rahbari o'rinbosari Samanta Berdjessning so'zlariga ko'ra, Kanada Arktikasi va Grenlandiyaning g'arbiy va sharqiy qirg'oqlarida mart oyida harorat “o'rtachadan sezilarli darajada issiqroq” bo'lgan, deb xabar beradi kommersant.ru.