Suvni oqiziq 28-iyun kuni boshlandi va rejalashtirilganidek seshanba kuni yakunlandi. Bu safar 7 ming 846 tonna suv chiqarib tashlangan bo'lsa, o'tgan yilning avgust oyidan buyon oqizib yuborilgan suvning umumiy miqdori 54,7 ming tonnani tashkil etadi. Stansiya operatori TERCO stansiyasidan 3 kilometr masofada 10 ta kuzatuv moslamasini o'rnatdi va maksimal tritiy miqdori litriga 18 bekkerelni tashkil etishini, to'xtatilishi kerak bo'lgan quyi chegara esa litriga 700 bekkerel ekanligini aniqladi.
O'tgan yilning avgust oyida TERCO kompaniyasi 2011-yildagi avariya oqibatida vayron bo'lgan reaktorlarni sovitgandan so'ng qolgan va ALPS tizimida radionuklidlarning katta qismidan tozalangan suvni okeanga oqizish boshlangandi, deb xabar beradi ria.ru.