Bu haqda Kyodo agentligi ma'lum qildi.
Bu jarayon birinchi marta 2011-yildagi halokatdan keyin boshlangan, 22-avgust kuni amalga oshirishga urinib ko'rishgan, biroq keyinchalik xatolik tufayli jarayonni to'xtatishga to'g'ri keldi.
Rejaga ko'ra, yoqilg'ini ushlash uchun maxsus uskunalar reaktorni saqlash idishiga olib boruvchi quvur orqali o'tishi kerak edi. Sinov bosqichida Tokyo Electric Power operator kompaniyasi mutaxassislari halokat oqibatida erigan yadro yoqilg'isining shikastlangan metall konstruktsiya elementlari va boshqa chiqindilar bilan aralashmasi bo'lgan qoldiq namunalarini olishni rejalashtirgan, deb xabar beradi report.az.