“Fukusima-1” AESning ikkinchi energoblokida radioaktiv suv sizib chiqdi

    Favqulodda holatdagi “Fukusima-1” AESning ikkinchi energoblokida radioaktiv moddalar bilan ifloslangan 25 tonna suv sizib chiqdi.

    Bu haqda NHK telekanali stansiya operatori Tokyo Electric Power (TEPCO) ga tayanib xabar berdi.

    Suvning sizib chiqishi ikkinchi reaktorda foydalanilgan yadro yoqilg'isini sovitish uchun havzada suv miqdorini hisoblashda foydalaniladigan rezervuardagi suv sathi pasayganidan keyin aniqlandi.

    Reaktor binosi ko'zdan kechirilganda, kanalizatsiya tizimlari orqali erto'laga 25 tonnaga yaqin suv oqib kirganligi ma'lum bo'ldi. Tashqariga hech qanday suv sizib chiqishi aniqlanmadi.

    Yoqilg'ini sovitish uchun havzaga suv quyish to'xtatildi, ammo TEPCO ta'kidlaganidek, bu yoqilg'ining maksimal harorati 65 darajadan oshmaydi. Keyinchalik yanada aniqroq tekshirish uchun ikkinchi eneroblok binosiga robot kiritiladi, deb xabar beradi report.az.